To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma: qo‘llash shartlari va chegaralar
To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha qo‘llash asosi, bitta shartnoma chegarasi, umumiy hajm, komissiya va baholash.
Shartlar
- Amaldagi shartlarni tekshiring.
- Bosqichlarni tartib bilan o‘rganing.
- Bog‘liq NHH matnini oching.
2026–2027-yillardagi umumiy o‘zgarishlar
- 2026-yil 1-oktabrdan tartib-taomildan oldin VMQ №480 bo‘yicha o‘rtacha bozor va boshlang‘ich narx to‘g‘risida elektron ma’lumotnoma shakllantiriladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
- 2027-yil 1-yanvardan narxni sun’iy intellekt yordamida avtomatik aniqlash VMQ №480 3-ilovasidagi tovarlarga taalluqli; boshqa SI funksiyalari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
- Barqarorlik O‘RQ‑684 bo‘yicha xaridlar tamoyilidir, VMQ №865dagi yashil xarid mezonlari esa bosqichma-bosqich joriy etiladi; bu alohida universal tartib-taomil emas.
O‘RQ‑684 71-moddasi bo‘yicha 22 ta asos
- 1. Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi
- 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi
- 3. favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi
- 4. sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokatni (vakilni) tayinlash bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridi
- 5. boshqa yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, litsenziya bitimiga (shartnomasiga, kontraktiga) asosan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) intellektual faoliyat natijalari muallifidan yoki intellektual faoliyat natijalaridan mutlaq foydalanish huquqiga ega boʻlgan yetkazib beruvchidan, shuningdek fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining ushbu intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqqa ega boʻlgan yagona shaxsdan davlat xaridi
- 6. narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi
- 7. davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari va boshqa hollar uchun chiptalarning davlat xaridi (avia, temir yoʻl va yoʻnalishli transportiga), shuningdek yashash xarajatlari
- 8. boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat koʻrsatish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) kafolat muddati tugaganidan keyin va joriy xizmat koʻrsatish (ehtiyot qismlarni xarid qilish), shuningdek avval xarid qilingan dasturiy mahsulotni kuzatish va (yoki) uni funksiyaviy jihatdan kengaytirish
- 9. giyohvandlik vositalarini va psixotrop moddalarni saqlash hamda olib kirish (olib chiqish)
- 10. favqulodda hollarda tabiat hodisalari, epidemiyalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadigan davlat xaridi
- 11. tabiiy ofatlarning va texnogen halokatlarning oqibatlarini tezkor bartaraf etish, shuningdek davlat buyurtmachisining toʻlaqonli faoliyat olib borishiga taʼsir koʻrsatadigan tarzda kommunikatsiyalar, mexanizmlar, jihozlar va boshqa asbob-uskunalar ishdan chiqqan hollarda avariyalarni bartaraf etish uchun tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi
- 12. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari va muassasalarining sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalarning, shuningdek madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalarning davlat xaridi
- 13. Oʻzbekiston Respublikasining ishlab chiqaruvchilaridan yoki ularning rasmiy dilerlaridan va distribyutorlaridan xarid qilinadigan yangi avtotransport vositalarining, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikasining davlat xaridi
- 14. qoʻshimcha ishlarni va xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnoma umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi xarajatlar, bundan ushbu Qonun 34-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno
- 15. aviatsiya korxonalari tomonidan ishlab chiqaruvchilardan yoki sertifikatlashtirilgan yetkazib beruvchilardan import shartnomalari boʻyicha xarid qilinadigan aviatsiya texnika jihozlari, shu jumladan havo kemalari, aviadvigatellar va ularning butlovchi qismlari, aviatsiya uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarning davlat xaridi
- 16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, chet davlatlar va hukumatlar rahbarlarining, shuningdek parlament aʼzolarining va xalqaro tashkilotlar rasmiy delegatsiyalarining tashriflari munosabati bilan yashash, ovqatlanish, madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, transport xarajatlari, suvenirlar, sovgʻalar xaridi va boshqa tashkiliy masalalar uchun nazarda tutilgan xarajatlar
- 17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining chet el delegatsiyalarini qabul qilish va xorijiy mamlakatlarga delegatsiyalarni yuborish boʻyicha rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
- 18. quyidagilar uchun oziq-ovqat mahsulotlarining davlat xaridi: davolash-profilaktika va taʼlim muassasalari; mehmonxona va restoran xizmatlari koʻrsatish; muruvvat va nogironligi boʻlgan shaxslar uylari; mehribonlik uylari va internatlar; qariyalar uylari
- 19. fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolash, shu jumladan jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya yordami bilan bogʻliq xarajatlar
- 20. mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish yuzasidan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan taʼlim dasturlarini tashkil etish, respublikaga xorijiy olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni jalb etish xizmatlari
- 21. avval tuzilgan shartnomalardagi yetkazib beruvchilar bilan aloqa, Internet va teleradiouzatish xizmatlari boʻyicha davlat xaridi
- 22. madaniyat va sanʼat boʻyicha xalqaro hamda davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xaridi. Bunda bunday tadbirlarning darajalari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi